Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Qozog‘istonda qo‘riqchi adashib salkam 8 ming dollarlik zargarlik buyumlarini axlatga tashlab yubordi

ERKIN7717 | (10-Apr 2018, 18:45:04) | 64 | 0

Ostona shahrida zargarlik do‘koni qo‘riqchisi adashib besh kilogrammlik kumush buyumlarni axlatga tashlab yubordi. Bu haqda Tengri News xabar bermoqda.

Foto: “Pexel.com”

“Sakkizta shaharda filiallarimiz bor. Olmaotadan kumushdan yasalgan mualliflik taqinchoqlarini berib yuborishgan edi... Biz tovarni Oqtovga berib yuborishimiz kerak edi. Do‘konda axlat solingan korobka turgandi. U yerga ikki kun chiqindi to‘plagan edim. Akam korobkadagi chiqindini to‘kib, uning ichiga taqinchoqlarni solib qo‘ygan ekan. Men buni bilmay, axlatni olib chiqdim, ya’ni taqinchoqlarni chiqindi konteyneriga tashladim”, — deb hikoya qildi qo‘riqchi Jandos Amirxanov.

Ro‘y bergan xatoni aka-uka bir soatdan so‘ng payqagan. Ammo ular chiqindi konteynerini tekshirganida korobka bo‘shligi aniqlandi. Kimdir taqinchoqlar solingan paketni olib ketgan edi.

Yo‘qotilgan buyumlar qiymati 2,5 million tengeni (7800 dollarni) tashkil etadi.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 16(1/15)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.011 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика