Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Hiqichoqni to‘xtatishning 6 usuli

ERKIN7717 | (26-Apr 2018, 04:45:03) | 27 | 0

Hammada ham ba’zan hiqichoq tutish holatlari bo‘lib turadi. Uni to‘xtatish uchun har xil usullarni qo‘llab ko‘rgansiz.

Foto: Flickr

Olimlarning aytishicha, hiqichoq — bu nafas olish funksiyasining buzilishi bilan kechadigan diafragmalarning g‘ayriixtiyoriy qisqarishi hisoblanadi.

Agar hiqichoq biron-bir kasallik tufayli paydo bo‘lmagan bo‘lsa, u hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Lekin u uzoq vaqt davom etsa yoki nomuvofiq paytlarda sodir bo‘lsa, bu albatta juda yoqimsiz holat.

Shuning uchun quyidagi ishonchli usullardan biri yordamida hiqichoqdan qutulishga harakat qilib ko‘ring.

Nafas oling (yoki nafas olmang)

Nafas olish bilan bog‘liq ko‘plab usullar mavjud. Bu chuqur nafas olish yoki aksincha nafasni ushlab turish bo‘lishi mumkin. Har qanday holatda ham, bu usullarning maqsadi bitta — miyani chalg‘itish va uni difragmalarni qisqartirish uchun asab impulslarini yuborishni to‘xtatishga majbur qilish.

Suv iching

Suv ichishda siz yutish harakatlarini amalga oshirasiz, bu esa o‘z navbatida nafas olish jarayonidagi vaqtincha o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bu diafragmalarning qisqarishini to‘xtatishi mumkin.

Biron-bir ovqat yeng

Har bir oilaning hiqichoqqa qarshi qo‘llaydigan o‘ziga xos usullari bo‘ladi. Ko‘pincha bu bir qoshiq shakar yoki limon bo‘lagi bo‘lishi mumkin. Aslida buning unchalik katta ahamiyati yo‘q, chunki ular sizning nafas olishingizga ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Tilingizni ko‘rsating

Tilingizni chiqarganingizda siz dimog‘ingizning orqa qismiga va tovush paychalariga stimul bergan bo‘lasiz, bu esa sizga biroz yengillik berishi mumkin.

Qo‘rqing

Buni siz birovning yordamisiz amalga oshirolmaysiz albatta. Yengil va eng asosiysi samimiy qo‘rquv sizga ikki sababga ko‘ra yordam berishi mumkin. Birinchidan, asab tizimidagi stress nafas olishning buzilishiga olib keladi, ikkinchidan, u miyani chalg‘itishi mumkin va miya darrov hiqichoqni to‘xtatadi.

Jismoniy ta’sir

Hiqichoqni yengishning eng keng tarqalgan usullari kaftlarni qisish, chimchilash yoki bir-biriga urish — bir so‘z bilan aytganda, og‘riqli ta’sir ko‘rsatish yordamida asab tizimini chalg‘ituvchi har qanday usul hisoblanadi.

Manba: “Layfxaker”

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 11(1/10)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.013 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика