Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Sher JARdagi safari-park egasi bo‘lgan angliyalik erkakka tashlandi (video)

ERKIN7717 | (3-May 2018, 19:30:03) | 86 | 0

Janubiy Afrika Respublikasining Limpopo provinsiyasida 30-aprel kuni sher 67 yoshli kishiga tashlangan. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

Hayvon Buyuk Britaniyadan JARga ko‘chib kelgan va taxminan 10 yil avval yirtqich hayvonlarni saqlash markazini ochgan 67 yoshli Mayk Xojga hujum qilgan

Erkak hayvonning asabini buzayotgan va jahlini chiqarayotgan noxush hid qayerdan kelayotganini aniqlash uchun uning qafasiga kirgan.

Sher erkakning oyog‘iga tashlangan, shundan keyin uni butalar tomonga torta boshlagan. Erkakni bog‘ xodimlaridan biri tomonidan otilgan o‘q ovozlari qutqarib qolgan.

Guvohlar darhol shifokorlarni chaqirgan. Mayk Xoj bo‘yni va jag‘idan jarohat olgan. Uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Erkakka hujum qilgan sher biroz vaqtdan keyin otib tashlangan.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 25(1/24)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.011 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика