Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Britaniyalik erkak yo‘ldagi chuqurga qo‘g‘irchoqning boshini tiqib qo‘ydi

ERKIN7717 | (5-May 2018, 11:10:05) | 21 | 0

Buyuk Britaniyaning Suindon shahrida yashovchi Nevill Deyton yo‘ldagi chuqurga qo‘g‘irchoqning boshini tiqib qo‘ydi va shu orqali mahalliy rahbarlarning e’tiborini ana shu chuqurga qaratdi. Bu haqda BBC News xabar berdi.

Foto: BBC News

Erkakning so‘zlariga ko‘ra, o‘nqir-cho‘nqirlar uning joniga tekkan va shuning uchun u “qo‘g‘irchoqning kuchi”dan foydalangan. Deyton aksiyasi uch haftadan buyon davom etmoqda. Birinchi qo‘g‘irchoqni kimdir bir haftadan so‘ng olib ketgan, erkak esa uning o‘rniga boshqasini qo‘ygan. Deyton qo‘g‘irchoqlarni singan o‘yinchoqlar sotiladigan xayriya do‘konidan sotib oladi.

Mahalliy kengash tomonidan Deytonga ma’lum qilinishicha, chuqur bir necha marta bartaraf qilingan, biroq u har safar o‘sha joyda qaytadan paydo bo‘lmoqda. Erkak esa o‘z navbatida chuqur bir necha oydan buyon yo‘qolmaganini, sifatsiz ta’mirdan keyin yanada kattalashganini aytgan.

Deytonning harakatlari natijasida mahalliy kengash yo‘lni ta’mirlashga va’da bergan.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 5(1/4)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.01 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика