Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Avstraliyada ikki kenguru ularni fastfud bilan mehmon qilmoqchi bo‘lgan sayyohlarga hujum qildi

ERKIN7717 | (6-May 2018, 03:05:02) | 25 | 0

Avstraliyada ikki yovvoyi kenguru ularni McDonald’s taomlari bilan mehmon qilmoqchi bo‘lgan sayyohlarga hujum qildi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Hujum yuz bergan Makkuori ko‘li yovvoyi kengurularni ko‘rish va ularni oziqlantirish mumkinligi bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.

“Kengurular tajovuzkorlik ko‘rsatgan bir nechta hodisa qayd etilgan. Ko‘pchilik holatlarda ular yuzlarni timdalab, jarohatlar yetkazadi”, — deydi Yangi Janubiy Uels shtati parlamenti deputati Greg Payper.

Sidney hayvonot bog‘i diyetologi Mishel Shou sayyohlar kenguruga ovqat taklif qila turib, ularga zarar yetkazishi mumkinligi, hatto meva va sabzavotlar ham ularda oshqozon yarasini keltirib chiqarishi va to‘g‘ri ovqat hazm qilishga to‘sqinlik qilishi mumkinligini ma’lum qiladi.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 5(1/4)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.012 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика