Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Amerikalik hayoti davomidagi 30 minginchi Big-Makni tanovul qildi

ERKIN7717 | (7-May 2018, 07:15:03) | 22 | 0

Amerikalik Don Gorske o‘z hayoti davomidagi 30 minginchi Big-Makni tanovul qildi va yeyilgan burgerlar soni bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda USA Today nashri xabar bermoqda.

Foto: USA Today

Nafaqaga chiqqan qamoqxona qo‘riqchisi Gorske may oyiga kelib 30 minginchi Big-Makni yeyishga so‘z bergan edi va va’dasini bajardi. 64 yoshli erkak rekord burgerni 1972-yilda ilk bor bu taomni tatib ko‘rgan “Makdonalds” restoranlar tarmog‘ida tanovul qildi.

U Big-Makning yubiley sonini tanovul qilishdan avval bir yarim soatlik prezentatsiya o‘tkazdi va shu paytgacha yegan burgerlari sonini qayd etib borgan daftarini ko‘rsatdi.

U odatda haftasiga 14 ta Big-Mak tanovul qiladi. Ularni oldindan xarid qilib qo‘yib, so‘ngra mikroto‘lqinli pechda isitadi. Gorske muntazam shifokorlar tekshiruvidan o‘tib turishi va uning qon bosimi me’yorida, xolesterin miqdori past darajada ekanligini ma’lum qildi.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 5(1/4)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.01 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика