Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Amerikalik erkak qo‘ziqorin terishga borib, ikki boshli bug‘u bolasini topib oldi

ERKIN7717 | (17-May 2018, 00:45:04) | 70 | 0

AQShning Minnesota shtatida yashovchi erkak o‘rmonga qo‘ziqorin terishga borib, ikki boshli bug‘u bolasining jasadini topib oldi, deb xabar beradi Science Alert.

Foto: Science Alert

Erkak topilma haqida o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasiga ma’lum qildi. Shundan so‘ng jonivorning murdasi tabiiy resurslar vazirligiga yetkazildi. Jonivorning jasadi kelgusidagi tadqiqotlar uchun muzlatib qo‘yildi.

Tadqiqotlar jonivorning umurtqasi ikkiga bo‘lingani va undan alohida boshlarga ega ikkita bo‘yin o‘sib chiqqanini ko‘rsatdi.

Jonivorning o‘pkasi oxirigacha shakllanmagani uchun u o‘lik tug‘ilgan. Bug‘u bolasining ovqat hazm qilish tizimi ham ikkita bo‘lgan. Biroq ulardan faqat bittasi to‘laqonli ravishda ishlagan.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 27(1/26)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.011 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика