Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Qatiq haqida nimalarni bilishimiz zarur?

ERKIN7717 | (25-Mart 2018, 12:50:03) | 138 | 0

Qatiq foydalimi yoki zararlimi? Bugun biz qatiq haqida sizni qiziqtirgan savollarga javob bermoqchimiz.

Foto: “AiF”

Qatiq haqiqatan ham foydalimi?

Qatiq — ratsionimizning an’anaviy mahsuloti va hazm qilishning kuchli omili hisoblanadi.

Bu achitilgan sut mahsulotining eng asosiy foydali xususiyati — uning tarkibida sut kislotasi hosil qiladigan bakteriyalarning borligi.  Achigan rh-muhit va sut kislota bakteriyalari — ichaklardagi tabiiy mikrofloralarga juda o‘xshash prebiotiklar laktokulturasi nafaqat qatiqning balki boshqa ovqatlarning ham hazm bo‘lishiga yordam beradi.

Qatiq hamma uchun foydalimi?

Qatiq yoqmaydigan odamlar ham bor. Birinchi navbatda, bu me’da suyuqligining kislotaligi baland bo‘lgan kishilardir. Shuningdek qatiq me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligida, giperatsidli gastrit yoki pankreatitda ham taqiqlanadi.

Qatiq yetti oylikkacha bo‘lgan bolalarga ham mumkin emas, chunki u shilliq qavatlarga zarar yetkazishi oqibatida bolalarda qon ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Oddiy qatiqdan ko‘ra yog‘i olingan qatiq foydaliroqmi?

Yaxshisi yog‘liligi 3,2% bo‘lgan qatiqni tanlaganingiz ma’qul. Yog‘i olingan qatiqning tarkibida yog‘ni erituvchi vitaminlar bo‘lmaydi va masalan, yog‘ molekulalari bo‘lmasa D vitamini singdirilmaydi. U esa kalsiyning singishi uchun zarur bo‘ladi.

Bio-qatiq oddiy qatiqdan qanday farq qiladi?

Bio-qatiq tarkibida sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalardan tashqari katta miqdorda bifidobakteriyalar mavjud. Oddiy qatiqqa qaraganda bio — juda faol mahsulot hisoblanadi. U ancha foydaliroq va ichaklarni shlaklar va toksinlardan tezroq tozalaydi.

Kechasi nima ichish yaxshiroq — qatiqmi yoki sut?

Uxlashdan oldin ichish uchun ikkisidan birini tanlashga to‘g‘ri kelsa, unda yaxshisi qatiqni tanlang.

Sut hazm bo‘lishi uchun uni uxlashdan ikki soat oldin ichish kerak bo‘ladi. Qatiq esa tarkibidagi bakteriyalar tufayli darrov hazm bo‘ladi, uni uxlashdan oldin ham bemalol ichish mumkin.

Foto: “AiF”

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 22(1/21)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.017 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика