Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

JARda oq sher turistlar mashinasiga chiqib olib, ularni qo‘rqitib yubordi (video)

ERKIN7717 | (4-Apr 2018, 21:45:09) | 22 | 0

Janubiy Afrika Respublikasida joylashgan Kryuger milliy bog‘ida sayr qilib yurgan turistlarning mashinasiga sher chiqib oldi, deb xabar berdi Daily Mail.

Kadr: YouTube

Talaba sayyohlarning mashinasiga oq sher chiqib olgan. Tashqarida turgan gid yo‘lovchilarni tinchlanishga chaqirgan va shundan so‘ng ularni mashinadan sekin tushirib olgan. Yirtqich esa o‘z navbatida transport vositasini tark etishga shoshilmagan.

“Haydovchi sherlar mashinani o‘yinchoq sifatida qabul qiladi va unga chiqib olishini aytganida ishonmagan edik, buni hazil deb o‘ylagandik”, — deydi voqeani videoga olgan talaba.

Birozdan so‘ng haydovchi sherni tushirib yuborgan va talabalar o‘z sayohatini davom ettirgan.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 12(1/11)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.016 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика