Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Nima uchun olma yeyish kerak?

ERKIN7717 | (4-Apr 2018, 21:45:10) | 77 | 0

Ko‘pincha biz chetdan keltirilgan oziq-ovqatlarni ko‘proq qadrlaymiz va o‘zimizning dala, polizlarimizda yetishtiriladigan mahsulotlarga e’tibor bermaymiz. Bu olmaga ham tegishli.

Foto: Depositphotos

Olmaning tarkibi asosan suvdan tashkil topgan, yog‘lar va oqsillar deyarli yo‘q, uglevodlar esa juda kam. Lekin unda katta miqdorda kerakli vitaminlar mavjud, ayniqsa C vitamini.

Bundan tashqari, olmaning tarkibida odam organizmi uchun zarur bo‘lgan makro va mikroelementlar, shu jumladan kaliy, natriy, rux va shu kabi moddalar juda ko‘p. Keling, olmaning boshqa foydali xususiyatlari bilan ham tanishib olamiz.

Umrni uzaytirish

2011-yil Amerikadagi kimyoviy jamiyat tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, olimlar olmaning inson umrini 10 foizga oshirishini isbotlagan.

Xotirani yaxshilash

Massachusets universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, olma iste’mol qilish bosh miyada atsetilxolin neyrotransmitter ishlab chiqarish miqdorini oshirar ekan.

Bosh miyada atsetilxolin miqdorining oshishi xotiraning yaxshilanishiga olib keladi, shuningdek Alsgeymer kasalligining paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi va odam aqliy qobiliyatining pasayishini sekinlashtirishga yordam beradi.

Infarkt va insult xavfini pasaytirish

Infarkt, insult va ateroskleroz juda yomon kasallik ekanligini va ularga ko‘pincha “yomon xolesterin” sabab bo‘lishini yaxshi bilamiz.

Lekin, olmaning bemordagi LDL-xolesterin miqdorini 23 foizga kamaytira olish xususiyati haqida bilmasangiz kerak.

Saraton kasalliklari xavfini pasaytirish

Gavayida o‘tkazilgan tadqiqotlar olma iste’mol qilish saraton kasalliklari xavfini 40—50 foizga pasaytirishini aniqladi. Bunga olmadagi organizmda ma’lum jarayonlarni to‘xtatishga yordam beruvchi yuqori antioksidantlik faolligi sabab bo‘lishi mumkin.

Manba: “Zdorovie.com”

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 9(1/8)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.012 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика