Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Qondagi xolesterin miqdorini qanday qilib dori-darmonlarsiz kamaytirish mumkin?

ERKIN7717 | (4-Apr 2018, 21:45:10) | 164 | 0

Qondagi xolesterinning oshib ketish muammosi bugungi kunda ko‘pchilikni tashvishga solmoqda. Chunki yurak-tomir kasalliklari va uning oqibatida yuz beradigan insult va infarkt holatlari bu modda bilan uzviy bog‘langan. Maqolamizdan qondagi xolesterin miqdorini qanday qilib dori-darmonlarsiz kamaytirish yo‘llarini bilib olasiz.

Foto: “Ziv.ru”

To‘g‘ri ovqatlanish

Qondagi bu modda miqdorini kamaytirish uchun yog‘li va kaloriyasi yuqori bo‘lgan ovqatlardan voz kechish zarur bo‘ladi.

Lekin shunisi ham borki, hammasi emas, balki to‘yingan yog‘lar zarar keltiradi. Ularga go‘sht mahsulotlari, sut, pishloq, qaymoq, shuningdek sariyog‘lar kiradi. Yaxshisi ularni o‘simliklar, baliq va dengiz mahsulotlaridan olinadigan yarim to‘yingan yog‘lar bilan almashtirish kerak.

Tarkibida kletchatkalar ko‘p bo‘lgan donli va dukkakli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish juda foydali. Mahsulotlarni yaxshisi qaynatish yoki dimlash yo‘li bilan tayyorlagan ma’qul.

Ratsionga yong‘oq qo‘shish ham mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, xolesterin darajasi pektinlar va C vitamini ta’sirida pasayadi, shuning uchun sitrusli mevalardan voz kechmaslik kerak.

Sport bilan shug‘ullanish

Muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanish qonning yaxshi aylanishi, yurak mushaklarini mustahkamlash va tomirlarning elastikligini saqlab qolish uchun zarur. Bu usul umrning oxirigacha qondagi xolesterin miqdorining oshib ketishidan saqlashga yordam beradi.

Zanjabil

Qondagi xolesterin miqdorini dori-darmonlarsiz pasaytirishga yordam beruvchi xalqona usullar ham bor. Buning uchun birinchi navbatda zanjabilga e’tibringizni qarating. Uni ovqatga qo‘shish ham, choy damlash ham mumkin.

2 osh qoshiq ezilgan zanjabil ildizini qaynoq suvga solib bir soat davomida damlab qo‘ying. Bu choyni limon va 1 choy qoshiq asal aralashtirib ichish mumkin.

Lipa gullari

Lipa gullari ham xolesterinni kamaytirishga yordam beradi. Uning kukunini har kuni bir choy qoshiqdan sovuq suv bilan birga ichish kerak. Bunday vosita yordamida davolanish kursi olti oygacha davom etishi mumkin.

Limon va sarimsoq

Bu vositani tayyorlash uchun 4 dona limon va 400 g sarimsoqni go‘shtqiymalagichdan o‘tkazish kerak bo‘ladi. Ularni aralashtiring va sovitgichga qo‘yib qo‘ying. 3 kundan keyin esa bu aralashmani har kuni bir choy qoshiqdan 4 oy davomida qabul qilishingiz mumkin.

Manba: “Ziv.ru”

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 58(1/57)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.015 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика