Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

“Gazel o‘ta olmaydi” yozuvi tushirilgan ko‘prik ostidan “Gazel” o‘tishga muvaffaq bo‘ldi, biroq to‘liq emas

ERKIN7717 | (5-Apr 2018, 12:45:07) | 55 | 0

3-aprel kuni peterburglik fuqaro “Gazel o‘ta olmaydi” ogohlantirish yozuvi bo‘lishiga qaramay, ko‘prik ostidan o‘tishga uringan “Gazel” mashinasini payqab qoldi. Mashinaning kuzovi ajralib tushsada, u ko‘prik ostidan o‘tishga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar beradi TJournal.

Foto: TJournal

Peterburglik jurnalistlar ushbu voqeani ko‘prik ostidan o‘tishga muvaffaq bo‘lgan tarixdagi birinchi “Gazel” deya atadi.

2017-yilning oktabridan buyon Twitter’da “Mening ahmoqligim” akkaunti faoliyat yuritadi, unda mazkur ko‘prik ostidan o‘tishga urinib, halokatga uchragan 144 ta “Gazel” mashinasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Foto: TJournal

“NTV” kanalining tajribalariga ko‘ra, 1,8 metr balandlikka ega avtomobillar sekin harakatlansa ko‘prik ostidan o‘ta oladi. “KP” nashrining yozishicha, yo‘l belgisida balandlik 2,7 metr ko‘rsatilganiga qaramay, aslida 2,2 metrdan oshmaydi.

Foto: TJournal

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 16(1/15)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.013 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика