Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Irlandiyada 140 yil oldin qotillik qilgan erkak afv etildi

ERKIN7717 | (6-Apr 2018, 18:35:03) | 70 | 0

Irlandiya prezidenti Maykl Xiggins 140 yil oldin qotillikda nohaq ayblanib, qatl etilgan mahbusning o‘limidan so‘ng afv etilishi haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Fotolia

Aytilishicha, Maylz Joys 1882-yili Goluey shahrida besh kishidan iborat oilani o‘ldirishda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm etilgan. U bilan birga sudlangan yana ikki gumondor Maylzning aybsizligini ta’kidlashiga qaramay, bu sud qaroriga ta’sir o‘tkazmagan.

Xiggins imzolagan hujjatda aytilishicha, besh farzandning otasi bo‘lmish qirq yashar Joys “Britaniya sud tarixidagi eng yaqqol xatolardan biri sifatida ta’riflanadigan” adolatsizlik qurboni bo‘lgan.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 17(1/16)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.013 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика