Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Boshiga tokqaychi sanchilib qolgan xitoylik ayol shifoxonaga jamoat transportida bordi  

ERKIN7717 | (7-Apr 2018, 12:15:03) | 59 | 0

Boshiga tokqaychi sanchilib qolgan xitoylik ayol mustaqil ravishda shifoxonaga bordi va operatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Foto: Daily Mail

Baxtsiz hodisa 57 yoshli Shen Syaoin hovlisidagi bog‘da daraxt shoxlarini qirqayotganda ro‘y berdi. Ayol daraxt baland bo‘lgani uchun tokqaychini bambuk tayog‘iga bog‘lab qo‘ygan.

Shu paytda bambuk tayog‘i sinib ketgan va tokqaychi ayolning boshiga sanchilib qolgan.

Ayol o‘zini qo‘lga olgan va avtobusga o‘tirib shifoxonaga borgan. Shifokorlar uni rentgenga jo‘natgan. Aniqlanishicha, tokqaychi ayolning boshiga 4 santimetr kirgan va uning miyasini ezib qo‘ygan.

Ayolni tokqaychidan to‘liq xalos etish uchun shifokorlar uni ikki marta operatsiya qilgan.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 14(1/13)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.012 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика