Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Itga natsistlar uslubida salomlashishni o‘rgatgan shotlandiyalik bloger jarimaga tortildi

ERKIN7717 | (24-Apr 2018, 11:00:03) | 26 | 0

Shotlandiyalik bloger Markus Michan o‘zi yaxshi ko‘radigan qizning itiga natsistlar uslubida salomlashishni o‘rgatgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Foto: TJournal

Sudyaning ma’lum qilishicha, video haqoratli, “antsemitik va irqchilik” ruhida bo‘lgan. Uning fikriga ko‘ra, Michan ataylab shunday videoni tasvirga olgan va uni internetga joylagan.

Michan 2016-yilning may oyida, video YouTube’da foydalanuvchilar noroziligiga sabab bo‘la boshlaganda qo‘lga olingan.

Shotlandiyalik bloger ustidan sud 2017-yilda boshlangan. Bloger videoni yaxshi ko‘rgan qizi uchun tasvirga olganini tan olgan. Qiz esa Michanni himoya qilib, u hech qachon yahudiylarni haqorat qilmaganini aytgan. 2018-yilning mart oyida Michan g‘azab uyg‘otishda aybdor deb topilgan.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 33(2/31)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.015 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика