Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

"Narxi qancha Barsani

ERKIN7717 | (6-May 2018, 22:25:03) | 115 | 0
"Narxi qancha Barsani ayting" (premyera)
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Narxi qancha Barsani ayting
Hammasini sotib olaman
Evropa Ligasi boshlanganda
Televizor oldiga yotib olaman
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Qayda futbolchilar bozori ayting
Olib beray Barsani sizlarga
Kerak bo`lsa yurib stadionlarda
Ulashaman Nasafdagi loxlarga
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Narxi qancha Barsani ayting
O`zim olay yetsa imkonim
Yetsa molim yetmasa jonim
Narxi qancha Barsani ayting
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Pulingizdan mayli bir hovuch
Bering Mashaldagi tentaklar uchun
Ko`zlarida o`kinch va ilinj
Homiyga zor klublar uchun
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Messini izlab dunyoni kezdim
Olishimga bormi qarshilar
O`zimga ham kerakdir biroq
Ilinaman sizga yaxshilar
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Zidan bormi qari bo`lsa ham
Yo`q degan so`z yomon nechog`liq
Bu o`tkinchi ligada kubok
Nahot bo`lsa cho`ntakka bog`liq
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Bilolmadim Neymarni narxin
Neymar sotilmas ekan pulga
Go`yoki biz savdogarlardek
Messini izlab chiqqanmiz yo`lga
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Narxi qancha Barsani ayting
O`zim olay yetsa imkonim
Yetsa molim yetmasa jonim
Narxi qancha Barsani ayting
Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 9(1/8)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.011 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика