Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Germaniyada bir qishloq kimoshdi savdosida 140 ming yevroga sotildi

ERKIN7717 | (12-Dek 2017, 07:46:50) | 189 | 0

Germaniyaning Brandenburg yeridagi uncha katta bo‘lmagan aholi yashash manzilgohi kimoshdi savdosida 140 ming yevroga sotildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Qayd etishlaricha, 15 kishi istiqomat qiladigan va 15 ming kvadrat metr maydonni egallagan qishloq uning avvalgi egasi renta pulini o‘z vaqtida to‘lay olmagani sababli sotuvga qo‘yilgan.

Berlindan taxminan 100 kilometr masofada joylashgan qishloq hududida hech kim yashamaydigan bir necha uy, shuningdek, omborxona va qo‘shimcha imoratlar bor.

Ismi oshkor etilmagan xaridor qishloqni telefon orqali sotib olgan; qishloqning boshlang‘ich narxi 125 ming yevro edi. Hududning yangi egasi uning ta’minotini ham o‘z zimmasiga olgan.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 9(1/8)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.015 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика