Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Daniyalik erkak zararkunanda qunduzlarga qarshi sudda yutqazdi

ERKIN7717 | (12-Dek 2017, 07:46:50) | 206 | 0

Daniyada qunduzlar tomonidan yetkazilgan moddiy zararni qoplatish maqsadida shikoyat qilgan erkak sudda yutqazdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

G‘arbiy Yutlandiya viloyatida istiqomat qiluvchi Find Andersen-Fryudal qunduzlar u egalik qiladigan yerdagi daraxtlar va ko‘lga ziyon yetkazgani ustidan Daniya tabiatni muhofaza qilish agentligini sudga bergan edi.

Yer egasi agentlikdan 200 mingdan 300 ming Daniya kronasi (37—40 ming yevro)gacha bo‘lgan miqdorda tovon puli to‘lab berilishini talab qilgan edi.

Biroq Xolstebro shahri sudi Findning da’vosini rad etib, agentlikka uning sud xarajatlarini qoplash uchun 30 ming krona (4 ming yevro) miqdorida pul to‘lash majburiyatini yukladi.

Sud qarorida ta’kidlanishicha, agentlik fuqaroga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplab bergan. Bundan tashqari, mulkka zarar yetkazgan qunduzlar, ekspertlardan biri ta’kidlaganidek, noyob turga mansub va ekotizim barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

TV2 telekanaliga bergan intervyusida Find “sud qaroridan hafsalasi pir bo‘lganini, biroq bu qarordan hayron qolmagani”ni ma’lum qilgan. “Bizda byurokratlar haddan tashqari ko‘p va menga o‘xshagan odamlar ularning aytganini qilishga majbur”, — dedi da’vogar.

Find sud qarori ustidan yuqori turuvchi instansiyaga apellyatsiya berish niyatida.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 7(1/6)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.011 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика