Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Buyuk Britaniyada o‘t o‘chiruvchilar boshi mikroto‘lqinli pechda “sementlanib qolgan” blogerni qutqardi (foto va video)

ERKIN7717 | (12-Dek 2017, 07:46:51) | 359 | 0

Buyuk Britaniyaning Vulvergempton shahrida yashovchi 22 yoshli bloger o‘z boshini mikroto‘lqinli pechga “sementladi”, biroq undan mustaqil xalos bo‘la olmadi, unga o‘t o‘chiruvchilar yordamga keldi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Bloger yetti qop shpaklyovkani aralashtirgan va aralashmani mikroto‘lqinli pechga quygan. U boshiga nafas olish uchun quvurcha o‘rnatilgan paketni kiygan, boshini pechning ichiga tushirib, aralashma qurishini kuta boshlagan. Jarayonni tezlashtirish uchun uning do‘stlari aralashmani fen bilan quritgan.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Yigit mikroto‘lqinli pechdan quyma uchun shakl sifatida foydalanmoqchi bo‘lgan, biroq undan mustaqil chiqa olmagan. Blogerning do‘stlari uning boshini chiqarib olish uchun bir yarim soat uringan, biroq buni uddalay olmagach, o‘t o‘chiruvchilarni chaqirgan.

Foto: TJournal

O‘t o‘chiruvchilarning ma’lum qilishicha, bu kulgili ko‘rinsa ham, yigit bo‘g‘ilib qolishi yoki jiddiy jarohat olishi mumkin edi. Pechni olishga muvaffaq bo‘lingan, biroq operatsiyani to‘g‘ri o‘tkazish uchun qutqaruvchilardan maslahat so‘ralgan. Operatsiya bir soat davom etgan.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Blogerning YouTube’da o‘z kanali bor. U bunga qadar vannaga kirib, o‘zining ustidan qurilish ko‘pigini quygan, bir sutka muzlatgichda o‘tirgan, sovuq kofe bilan yog‘och bochkaga sakragan va qorayish uchun mo‘ljallangan vositada vanna qabul qilgan.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 8(1/7)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.011 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика