Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Britaniyalik erkak o‘z uyining yer ostiga tushib ketgani uchun jarima to‘lashga majbur bo‘ldi

ERKIN7717 | (12-Dek 2017, 07:46:51) | 263 | 0

Buyuk Britaniyaning Lankashir grafligi rasmiylari Rotenstoll shahri fuqarosini uyining yer ostiga tushib ketgani uchun jarima to‘lashga majbur qildi. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Foto: The Sun

O‘tgan yilning aprel oyida Ponke Mia o‘z uyining tagida katta chuqur borligini payqab qolgan. Inshootning bir qismi bino ostidan o‘tuvchi kollektorning ichiga tushib ketgan. U mahalliy hokimiyat muammoni bartaraf etishda qisman bo‘lsa ham yordam beradi, deb ishongan.

Biroq okrug mutassaddilari binoning buzilishida ayb faqat uyning egasida, deb hisoblagan. Erkakka 55 ming funt sterling miqdorida to‘lov qilish majburiyati yuklangan. Aks holda uning uyi butunlay buzib tashlanishi ma’lum qilingan.

Foto: The Sun

Shahar ma’muriyatining ma’lum qilishcha, bino qisman buzilganidan so‘ng mas’ullar u joyni ko‘zdan kechirgan va vaziyat qo‘shni uylarga ham xavf solayotganini tan olgan. Ularning fikricha, kollektorni erkakning uyi buzib tashlangandagina ta’mirlash mumkin.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 15(1/14)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.012 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика