Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Xitoy aviakompaniyasi samolyot bortida iste’mol qilinmagan taomdan totib ko‘rgan styuardessani ishdan chetlatdi (video)

ERKIN7717 | (12-Dek 2017, 07:46:51) | 187 | 0

Xitoy aviakompaniyasi tarmoqda styuardessalardan biri yo‘lovchilarga tarqatilmay qolgan taomni iste’mol qilayotgani aks etgan video paydo bo‘lganidan so‘ng qizni ishdan chetlatdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Foto: “Vesti.ru”

Lavha Urumqi Air aviakompaniyasi reyslaridan birida yo‘lovchi tomonidan samolyot qo‘nishidan sal avval tasvirga olingan. Kadrlarda qiz qutilarga joylashtirilgan yegulikdan totib ko‘rayotgani aks etgan.

Kompaniya styuardessa havo kemasi bortidagi iste’mol qilinmagan taomdan foydalanish tartibini buzgani va ishdan chetlatilganini bildirdi.

Xitoydagi ko‘plab internet foydalanuvchilari styuardessani himoya qilib chiqdi va baribir tashlab yuboriladigan taomdan totishning hech bir qo‘rqinchli joyi yo‘qligini ta’kidladi. Buni tasvirga olgan va tarmoqqa joylashtirgan yo‘lovchini tentakka chiqarganlar ham bo‘ldi.

https://youtu.be/JveZphNQpnw

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 59(1/58)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.021 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика