Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Norwegian Breakaway kemasining tajribasiz shifokori bemorning qo‘li kesib tashlanishiga sabab bo‘ldi

ERKIN7717 | (18-Sent 2018, 16:40:05) | 84 | 0

Norwegian Breakaway dengiz sayohati kemasining egasi kema shifokorining aybi bilan qo‘lidan ajralgan sobiq xodimga uch million dollardan ortiq tovon puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Foto: Fox News

Serbiyalik 30 yoshli Iliya Lonchar Norwegian Breakaway kemasida ofitsiant bo‘lib ishlagan. Dengizda suzish vaqtida uning ko‘ngli aynib, grippni eslatuvchi alomatlar paydo bo‘lgan. U shifokor Sebastyan Kampuzanoga murojaat qilgan. Shifokor kemada atigi bir necha oydan buyon ishlayotgan edi va yetarlicha tajribasi bo‘lmagan.

Kampuzanoning ko‘rsatmasiga binoan, feldsher ofitsiantning vena tomiriga allergik kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan prometazin dorisini yuborgan. Lonchar shu zahotiyoq o‘ng qo‘lida achishishni his qilgan, u esa kuchli og‘riqqa aylangan, keyin qo‘l ko‘kargan va qorayib ketgan. 20 soatdan keyin ofitsiant Floridadagi Kanaveral portiga tushirilgan. Bir encha kundan keyin esa uning qo‘li kasalxonada kesib tashlangan.

Qo‘lni kesib tashlash dorining katta dozasi mushak orasiga emas, balki vena tomiriga yuborilgani sababli zarur bo‘lgan. Agar shifokor bemorni darhol operatsiya qilganida yoki uni vertolyotda evakuatsiya qilganida, qo‘lni sarab qolish mumkin edi. Biroq shifokor na unisini, na bunisini qilgan.

Amerika arbitraj assotsiatsiyasining Bahslarni hal qilish xalqaro markazi sudyasi kemaga egalik qiluvchi Norwegian Cruise Line kompaniyasini Loncharga 3,3 million dollar miqdoridagi zararni to‘lashga majbur qilgan.

Norwegian Breakaway 2014-yilda eng yirik dengiz sayohati kemalari reytingida oltinchi o‘rinni egallagan. Uzunligi 324 metr bo‘lgan kema o‘ziga 3988 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladi.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 14(1/13)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.014 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика