Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Biolog selfiga tushish uchun timsohni minib oldi

ERKIN7717 | (26-Sent 2018, 23:50:04) | 44 | 0

Daniyalik biolog Nils Jensen katta timsohni ovqatga chalg‘itdi va unga minib oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Avstraliyada sayohat qilib yurgan biolog katta timsohni ko‘rib qolgan. Uning uzunligi 4,7 metrga, vazni esa 650 kilogrammga yetgan. Erkak hayvonni kichik kenguruning jasadi bilan chalg‘itgan.

Timsoh suvdan chiqib, o‘ljani yeyishni boshlagan vaqtda, Jensen hayvonning ustiga chiqib, dumining asosiga o‘tirib olgan. Keyinroq erkak bu ishni selfiga tushish uchun takrorlagan. Biologning omadi kelgan va jarohat olmagan, chunki bu turdagi timsoh eng katta va xavfli yirtqichlardan sanaladi.

Biologning so‘zlariga ko‘ra, u o‘lim bilan o‘ynashgan, biroq bu arzirli bo‘lgan. Avstraliya rasmiylari biologga murojaat qilgan va u “o‘ziga muammoni so‘rab olgani” haqida ogohlantirgan.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 15(1/14)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.013 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика