Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Xitoyda 4-qavat derazasidan tushib ketgan qizaloqni qutqarishga uringan ikki erkakning qo‘li sindi (video)

ERKIN7717 | (26-Sent 2018, 23:50:04) | 48 | 0

Xitoyda o‘tkinchilar 4-qavat derazasidan tushib ketgan qizaloqning joniga oro kirdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Foto: YouTube

Hodisa Chjeszyan provinsiyasining Venchjou shahrida ro‘y berdi. Uyda yolg‘iz qoldirilgan ikki yoshli bola uyg‘onib, ota-onasini qidirishga tushadi. Unga qarab turishi tayinlangan buvisi qizaloq uyquga ketishi bilan chiqib ketgandi.

Bola 4-qavat derazasidan qulab, to yaqin orada joylashgan fabrikaning ikki ishchisi yetib kelguncha 18 metrcha uchishga ulgurdi.

Ular qizaloqni tutib qolmagan bo‘lsa ham, zarba kuchini o‘ziga olishga muvaffaq bo‘ldi. Bolaning bir necha joyi shilingan bo‘lsa, qutqaruvchilari — 49 yoshli Din Szitsay va 57 yashar Yuan Junshenning qo‘li sindi.

Rasmiylar ikki erkakka minnatdorlik bildirdi va 670 yuandan mukofot topshirdi. Qizaloqning onasi qo‘shimcha ularning har biriga ikki ming yuandan taqdim etdi.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 19(1/18)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.015 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика