Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Braziliyada chayon yetti marta chaqqan chaqaloq omon qoldi

ERKIN7717 | (1-Okt 2018, 07:50:03) | 42 | 0

Braziliyada chayon yetti marta chaqqan chaqaloq omon qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Ushbu hodisa mamlakatning sharqiy qismidagi Baiya shtatida sodir bo‘ldi. Ona bolasini cho‘miltirganidan so‘ng unga ichiga chayon kirib olganini ko‘rmay  taglik kiygizib qo‘yadi. Bolaning nafasi bo‘g‘ila boshlagach ayol tezda uni shifoxonaga olib boradi.

Shifokorlar chaqaloqning ichki kiyimlari orasidan chayonni topib oldi. Gazanda bolaning kindigi atrofidan 7 marta chaqishga ulgurgan ekan.

Bolaga zudlik bilan zaharga qarshi dorining 6 ta dozasi yuborildi, biroq uning tirik qolishi ehtimoli juda kam edi.

Shunday bo‘lsa ham, jonlantirish bo‘limidagi bir necha kunlik muomaladan so‘ng u o‘ziga kelishni boshladi. Shifokorlarga ko‘ra, chayon chaqqandan keyin ikki soat ichida zaharga qarshi dori yuborilganligi bolani qutqarib qolgan.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 8(1/7)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.018 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика