Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Kanadada jarroh 8 yoshli bemorning iltimosiga ko‘ra o‘yinchoq ayiqni operatsiya qildi

ERKIN7717 | (6-Okt 2018, 23:30:03) | 31 | 0

Kanadada sakkiz yoshli Jekson Makki ismli bolakay operatsiyaga ketish chog‘ida neyrojarroh Daniel Maknilidan birdaniga uning duxobadan tayyorlangan Chaqaloq ismli o‘yinchoq ayig‘ini ham operatsiya qilishni so‘radi. Bu haqda shifokor Twitter’da yozdi, deb xabar bermoqda TJournal.

Foto: TJournal

“Operatsiya” chog‘ida Maknili ayiqchaga kislorod niqobini kiydirgan. Shuningdek, u Chaqaloqqa qo‘ltiq yirtilishi tashxisini qo‘ygan va uni tikkan. Shundan keyin ayiqcha bolakayning yonida, osma karavotda qolgan.

Makki kasalxonaga gidrotsefaliya — orqa miya suyuqligining to‘planishi sababli tushgan. Bola bu kasallik bilan tug‘ilganidan buyon og‘riydi. U chaqaloqligidan buyon Maknilida davolanadi. Bu safar boladagi naycha ta’mirlangan. Naycha orqali bolaning orqa miyasidagi ortiqcha suyuqlik chqib ketadi va bosim pasayadi.

Foto: TJournal

Jeksonning ota-onasi jarrohga bolaning o‘zini qulay his qilishi maqsadida “bor imkoniyatlarni” ishga solgani uchun minnatdorchilik bildirgan.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 15(1/14)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.013 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика