Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Benksi chizgan surat Sotheby’s auksionida bir mln funtga sotilishi bilan o‘zini o‘zi yo‘q qildi

ERKIN7717 | (10-Okt 2018, 13:00:03) | 22 | 0

Benksining “Pufakli qiz” surati Sotheby’s auksionida 1,04 million funt-sterling (1,4 million dollar)ga sotilishi bilan gardishiga o‘rnatilgan shreder yordamida bo‘laklarga bo‘lib tashlandi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

The Art Newspaper‘ning yozishicha, bu surat 5-oktabrdagi kimoshdi savdosiga qo‘yilgan so‘nggi lot edi. Surat bolg‘a bilan uning sotilganini bildiruvchi zarba berilgani hamonoq o‘zini o‘zi yo‘q qilishga kirishgan; bu jarayon signalizatsiya tovushi sadolari ostida yuz bergan.

“Pufakli qiz” — Benksining eng mashhsur suratlaridan biri. Auksionda suratning Benksi tomonidan 2006-yilda aerozol va akril bo‘yoqlar yordamida matoga chizilgan versiyasi sotuvga qo‘yilgan edi. Sotheby‘s saytidagi ta’rifga ko‘ra, surat mualliflik gardishi bilan sotilardi.

“Aftidan, bizni hozirgina benksichasiga chuv tushirishdi”, — deya yuz bergan voqeaga izoh bergan auksionning zamonaviy san’at bo‘limi boshlig‘i Aleks Branchik. “Endi biz bu voqea auksion uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini anglab olishimiz kerak. Kesilgan bo‘laklar endi shu ishning bir qismi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

View this post on Instagram

Going, going, gone...

A post shared by Banksy (@banksy) on Oct 5, 2018 at 6:45pm PDT

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 8(1/7)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.012 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика