Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Britaniyalik keksa ayol erining vafotidan keyin tanasiga 16 ta tatuirovka chizdirdi

ERKIN7717 | (13-Okt 2018, 21:05:03) | 58 | 0

Buyuk Britaniyalik keksa ayol Glenis Kup turmush o‘rtog‘ining vafotidan keyin tanasiga 16 ta tatuirovka chizdirdi. Turmush o‘rtog‘i hayot bo‘lgan vaqtda ayolga bu ishni qilishga qo‘ymagan, biroq erining vafotidan keyin yolg‘iz qolgan ayol tanasining katta qismini tatuirovka bilan qoplagan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Daily Mirror

Glenis Kup birinchi tatuirovkalarni 1960-yillarda chizdirgan. Biroq ular turmush o‘rtog‘iga yoqmagach, ayol ularni o‘chirib tashlagan.

Erining vafotidan so‘ng ayol eski odatiga yana murojaat qildi. Endi tatuirovkalar uning yelkasi, ko‘kragi va qo‘llarini qoplagan.

Ayolning ta’kidlashicha, u tatuirovka chizidirish orqali qayg‘uni yengadi. Tasvirlardan biri vafot etgan erining ismi yozilgan yurak ko‘rinishida tushirilgan. Ayol eri bilan 54 yil birga yashagan.

Glenis o‘z nafaqasidan tatuirovka uchun ma’lum summani ajratadi. U o‘z mashg‘uloti uchun taxminan ikki ming funt sterling sarflashga ulgurgan.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 15(1/14)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.029 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика