Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

AQShda rekord darajadagi katta — 1,6 mlrd dollarlik jek-pot o‘ynaldi. Yutuqli chipta Janubiy Karolina shtatida sotilgan

ERKIN7717 | (28-Okt 2018, 07:30:02) | 19 | 0

Amerikaning Mega Millions lotereyasi tashkilotchilarining ma’lum qilishicha, 23-oktabr kuni o‘ynalgan 1,6 milliard dollarlik jek-potni kamida bir kishi yutib olgan. Meduza’ning yozishicha — bu rekord.

Foto: The New York Times

Yutuqli chipta Janubiy Karolina shtatida sotilgani aytilmoqda. Omadli chipta egasi lotereyada 5, 28, 62, 65, 70 va “mega-shar” 5 raqamlarini ko‘rsatgan.

Bundan boshqa ham yutuqli chipta bormi yoki yo‘q — hozircha noma’lum. Agar g‘oliblar bir necha kishi bo‘lsa, yutuq ular o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Lotereya g‘olibi barcha pul yutug‘ini birdan olishi mumkin — bu holda yutuq miqdori 905 million dollargacha qisqaradi. Mabodo bo‘lib-bo‘lib olishga rozilik bildirsa, unda yutuq 29 yil davomida to‘lab beriladi.

Yutuqli jek-potning kattaligi bo‘yicha avvalgi rekord 2016-yil yanvarida Powerball lotereyasida o‘rnatilgan edi, o‘shanda 1,59 milliard dollardik jek-pot o‘ynalgan.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 15(1/14)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.018 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика