Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Nima sababdan smartfonlarning quvvati juda tez tugaydi?

Tags: juda | quvvati | smartfonlarning | sababdan | nima | tez | tugaydi | ERKIN7717 | (29-Noy 2017, 20:33:01) | 267 | 0

Zamonaviy mobil telefonlar bizga bir vaqtning o‘zida xohlagan joyda kitob o‘qish, qayd qilish, rasmga tushirish, video ko‘rish, shuningdek o‘ynash yoki internet-sahifalarni ko‘rib chiqishga imkon beruvchi bir necha moslamalarning o‘rnini bosadi. Va uyga qaytguncha quvvati tamom bo‘lsa, bu juda achinarli holat.



Foto: “Novate.ru”



Agar o‘z smartfoningizning akkumulyatorli batareyasini to‘g‘ri ishlatishni bilsangiz, bunday muammoni bartaraf qilishingiz mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, biz o‘zimiz quyidagi harakatlarimiz bilan quvvatini juda tez sarflashga uni majbur qilar ekanmiz:


1.Quvvatini to‘liq yo‘qotishiga yo‘l qo‘yamiz


Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday odat batareyaning sig‘imini pasaytiradi, shuning uchun zaryad miqdorining eng pastgacha tushishini kutib o‘tirmasdan iloji boricha uni zaryadlashga qo‘yish kerak. Faqat har 2 oyda bir marta zaryadining to‘liq tugashiga imkon berish yetarli bo‘ladi.


2.Smartfonni oxirigacha zaryadlaymiz



Albatta 100% zaryadlanishini kutib o‘tirish ham yaramaydi. Eng yaxshisi – uni doimo taxminan 30 dan 80% gacha oraliqda ushlab turish.


3.Akkumlyatorning qizib ketishiga yo‘l qo‘yamiz


Smartfon batareyasining ishlashi uchun optimal harorat: 1 dan + 35 darajagacha. Bu parametrlarning oshib ketishi tez eskirishga olib keladi.


4.Smartfonning g‘ilofini yechmasdan uni zaryadlashga qo‘yamiz.


Bunday odat juda ko‘p hollarda batareyaning qizib ketishiga olib keladi.


5.Simsiz zaryadlagichdan foydalanamiz


Yangi modadagi zaryadlovchi moslama akkumulyatorli batareyaning xizmat qilish muddatini qisqartiradi.


6.Mos kelmaydigan simdan foydalanamiz


Agar kabel o‘ziniki bo‘lmasa, bu batareyaga og‘irlik yuklashi yoki uning to‘liq zaryad olishiga yo‘l bermasligi mumkin. Yaxshisi o‘zining zaryadlagichini ishlatganingiz ma’qul.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 7(1/6)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.011 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика