Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Ko‘z shakliga qarab “strelka” chizishni o‘rganamiz

Tags: ko z | shakliga | qarab | strelka | chizishni | o rganamiz | ERKIN7717 | (29-Noy 2017, 20:39:56) | 336 | 0

Turli qiyofalarga qanday “strelka”lar mos tushishi va ularni qanday qilib to‘g‘ri chizish haqida hikoya qilamiz.



Foto: Vogue



Yaqin joylashgan ko‘zlar


Layner yoki qalam yordamida ingichka chiziq chizgan ma’qul. Bunday chiziqni ichki burchakka kirmasdan, ko‘z o‘rtasidan boshlang.


Uzoq joylashgan ko‘zlar


Bunda aksincha yo‘l tuting: ko‘zning ichki burchagini e’tiborsiz qoldirmang va chiziqni ko‘zning butun uzunligi bo‘yicha chizing. Strelkani birinchi variantdagidan sal qalinroq qilish mumkin.


Kichkina ko‘zlar


Bunda chiziqni qayerdan — ko‘z ichki burchagidan yoki o‘rtasidan — boshlashning ahamiyati yo‘q, asosiysi, strelkaning uchi ko‘zning tashqi burchagidan chiqib turishi va uchiga qarab qalinlashib borishi kerak.


Dumaloq ko‘zlar


Bunday holatda strelkani butun ko‘z usti bo‘ylab chizing va tashqi burchagidan chiqaring. Bunday chiziq ko‘z shaklini toraytirib ko‘rsatadi.


Qisiq ko‘zlar


Ko‘zni dumaloqroq qilib ko‘rsatish uchun strelkani butun ko‘z usti bo‘ylab chizing, ammo tashqi burchakdan chiqmang, ko‘z o‘rtasida esa uni qalinlashtiring.


Bodomqovoq ko‘zlar


Bunda ko‘zning ichki burchagidan ingichka strelka chizishni boshlang va tashqi burchakka qarata qalinlashtirib boring hamda qovoq burmasidan sal tepaga chiqaring.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 27(1/26)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.011 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика