Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Avtomobilda uzoq yo‘lga otlanganlar uchun qiziqarli o‘yinlar

Tags: avtomobilda | uzoq | yo lga | otlanganlar | uchun | qiziqarli | o yinlar | ERKIN7717 | (30-Noy 2017, 05:35:54) | 368 | 0

Ayniqsa, bolalar bilan avtomobilda sayohatga chiqqan bo‘lsangiz, ularning yo‘lda zerikib qolishi ehtimoli katta. Maqolada keltirilgan o‘yinlar bilan esa vaqt qanday o‘tib ketganini sezmay qolasiz. Ba’zi o‘yinlarni esa nafaqat mashinada, balki oddiy oilaviy yoki do‘stona o‘tirishlarda ham o‘ynash mumkin.



Foto: Depositphotos



Ular kim?


Har bir ishtirokchi yaqindagi avtomobillardan birini tanlaydi va boshqa ishtirokchidan u haqda hikoya so‘zlab berishni so‘raydi. Fantaziyaning chegarasi belgilanmagan, eng qiziqarli va kreativ hikoya esa g‘olib bo‘ladi.


Men tomonda sigir


Agar yo‘lingiz qishloq joydan o‘tgan bo‘lsa, bu o‘yin sizga mos tushadi. Uning mohiyati oddiy. Avtomobilning siz o‘tirgan tomonidan sigir ko‘ringanida har safar “Men tomonda sigir!” deb baqiring, shunda bir ochkoga ega bo‘lasiz. Agar sigir mashinaning boshqa tomonida bo‘lsa, raqibingizdan avval “Sen tomonda sigir!” deb baqirishga ulgursangiz, uning ochkosini qo‘lga kiritasiz.


Men hech qachon…


Barcha ishtirokchilar qo‘l kaftlarini ochib turadi va har biri navbat bilan hech qachon qilib ko‘rmagan ishini aytadi. Bu ishni qilganlar esa barmoqlarini bukadi. Ikkala qo‘lidagi barcha barmoqlarni birinchi bo‘lib bukib bo‘lgan ishtirokchi yutqazadi.


Qo‘shiqlar orqali suhbatlashish


Barcha ishtirokchilar faqat qo‘shiqlardan olingan iqtiboslar yoki qo‘shiqlar nomlari bilan suhbatlashishi kerak. Tez orada kuylab yuborish xohishi tug‘iladi, ammo bu qat’iyan taqiqlangan!


Musiqiy jang


Bunda ikki kishi musobaqalashadi, qolganlar hakamlik qiladi. Dastlab qo‘shiq tanlanadi. Hakam mavzuni aytadi, masalan, 90-yillardagi mashhur qo‘shiqlardan. Ishtirokchilar mos qo‘shiqni tanlab oladi va navbat bilan uni ijro etadi. Shundan so‘ng hakam kim yaxshi kuylaganini aniqlaydi.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 15(1/14)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.013 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика