Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Xonalar ichi kengroq ko‘rinishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Tags: xonalar | ichi | kengroq | ko rinishi | uchun | nimalarga | e tibor | berish | kerak | ERKIN7717 | (30-Noy 2017, 05:42:04) | 407 | 0

Ko‘psonli dizaynerlik loyihalarining ta’kidlashicha, hatto kichikroq xonalar ham shinam ko‘rinishi mumkin ekan. Uni yashash uchun qulay holatga keltirish uchun bir necha oddiy tavsiyalarga amal qilishning o‘zi kifoya qiladi.



Foto: Flickr



Devorlar. Och ranglardan foydalaning. Qoramtir yuzalar kenglikni bilintirmaydi, och rangli yuzalar esa aksincha xonaga yorug‘lik va muhtashamlik qo‘shadi. Agar siz devorlar uchun oboy tanlamoqchi bo‘lsangiz, bir xil tusli yoki mayda gulli oboylarni tanlashingiz mumkin.


Ship. Oq yoki och jigarrang, yorug‘lik aks etib turuvchi biroz jiloli yuzalarga e’tibor bering. Qora, to‘q ko‘k, qizil va boshqa agressiv ranglardan voz keching.


Pol. Xona uzunroq ko‘rinishi uchun qoplamalar rasmini uzunasiga qilib joylashtirgan ma’qul. Agar uning kengroq ko‘rinishini xohlasangiz laminatni kundalang qo‘ying. Rangiga kelganda esa, dubning hamma tuslarini tanlashingiz mumkin.


Pardalar. Og‘ir pardalarning o‘rniga yengil va yarim shaffof pardalarni tanlaganingiz ma’qul.


Qandillar. Bitta katta qandilning o‘rniga ixcham anjomlardan foydalansangiz maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Xonalarning eng qorong‘u joylarini yoritishga harakat qiling.


Mebel. Yumshoq mebellarning ixcham modellarini tanlang, chunki hatto kengroq xonalarga qo‘yilgan katta mebellar ham kenglikni kamaytirib ko‘rsatadi.


Juz’iy qismlar. Xonalarni mayda-chuydalar, suvenirlar, yumshoq o‘yinchoqlar, eski kitoblar, disklar va gullar bilan to‘ldirib tashlamang. Bunday to‘plamlarni muntazam ravishda ko‘rikdan o‘tkazib turing va keraksiz narsalarni tashlab yuboring.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 7(1/6)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.012 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика