Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Yoga kutilganidek foydali bo‘lib chiqmadi

Tags: yoga | kutilganidek | foydali | bo lib | chiqmadi | ERKIN7717 | (30-Noy 2017, 06:05:44) | 288 | 0
Olimlar yoga bilan shug‘ullanishning o‘ziga yarasha salbiy tomonlari bor ekanligini aniqladi. Aniqlanishicha, qadimgi hind amaliyoti suyak va mushak og‘riqlariga va hatto kattagina jarohatlarga ham olib kelishi mumkin. Yogaga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari Journal of Bodywork and Movement Therapies jurnalida chop etildi, deb xabar beradi “Nauka”.



Foto: Google Images



Yoga nafaqat sharq mamlakatlarida, balki g‘arbda ham mashhur. Ko‘p hollarda yoga bilan shug‘ullanish tayanch skeletlari — harakatlanish tizimi buzilgan insonlarga muqobil terapiya sifatida tavsiya qilinadi. Avstraliyaning Sidney universiteti tadqiqotchilari kuzatishlar va tajribalar natijasida yoga mijozlar uchun ham foydali, ham zararli bo‘lishi mumkin degan xulosaga keldi.


Ular yoga bilan shug‘ullangan bemorlarda og‘riq bilan bog‘liq holatlar yiliga 10 foizdan ortiq qayd etilayotganini aniqladi. Shuningdek, aniqlanishicha u bilan shug‘ullanish tayanch-harakat apparatida mavjud muammolarni kuchaytirib yuborishi ham mumkin. Shuning uchun olimlar shifokorlarning bu turdagi ko‘rsatmalariga diqqatliroq bo‘lishni maslahat bermoqda.

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 23(1/22)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.012 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика