Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Hasrat!!! (Muallifi noma'lum)

Tags: hasrat | ERKIN7717 | (10-Dek 2017, 19:48:21) | 254 | 0
Yaram o'tib ketti jon-jonimgacha
Hali ko'p ingrayman azonlargacha
O'ylab charchamayman, qachonlargacha
Armon gullariga ildizligimni?!

Ko'zimga tumanlar tutadi kimlar
Izimga tikanlar otadi, kimlar
So'zimga kishanlar tutadi, kimlar?!
Bilib osmoni yo'q yulduzligimni!

Mudom ko'z ostidan chiqqan arilar
Umrimdan gunohlar yiqqan arilar
Birovning nishida chaqqan arilar
Bilmasmi bulbulmas, qo'ng'izligimni?!

Yuragim - oyoqlar tiqilgan chashma
Hali bir tomchimga qilaman tashna
Yuzimga solishing shart emas oshna
O'zim ham bilman yolg'izligimni!!!
Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 8(1/7)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.011 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика