Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Go'dak nolasi!!! (Muallifi noma'lum)

Tags: go dak | nolasi | ERKIN7717 | (10-Dek 2017, 19:51:30) | 290 | 0
Bir bolakay kirdi masjidga
O'zi homush biram faromush
Masjid ahli undan so'rdilar
Bolajonim kelding ne yumush!

Shunda bola chuqur xo'rsindi
Ko'zlariga biroz olib yosh
Va bolakay javoban dedi
Allohimdan bor edi so'rash!

Ayting bobo, ayting amaki
Meni Xudo eshitadimi?!
Masjidda kim aylasa tilak
Shu tilakka yetishadimi?!

Dedi - ayt ne tilaging bordur
Xayron bo'lib so'z qotti buvo
Chin ko'ngildan, sof niyat ila,
So'rasang gar beradi Ollo!

Go'dak shunda qiblaga qarab
Ko'z yoshlarin to'kdi yashirmay!
Jajjigi qo'lin ochub duoga
Bir narsalar der edi, tinmay!

Shunda mulllo unga so'z qotti
Duoingni eshitsin hamma
Sen chun biz xam duo qilaylik
O'tinchingni eshitsa zora!

Ovozini baralla ochib
Dedi - Alloh, eu Xudojonim
Duoimni qabul qil egam
Qaytar menga sen otajonim!

Otamsiz men qanday yashayman?
Beshikda zir yig'laydi ukam
Aytgin Xudo nima qilaman?
Olgansan-ku axir onam xam!

Masjidga bir tushdi sovuqlik
Xech kim bir so'z kalom deyolmas
Mullaning ham vujudi titrab
Nechun bilmam ovmin deyolmas!

Murg'ak go'dak zor qaqshab yig'lab
Duosini davom etib der
Xudojonim, jonginam Xudo
Xech bo'lmasa onam qaytib ber!

Bir on jimib so'ngra yana u
Bilmanan der, ular qaytmaydi
Duolarim qabul qil egam
Joylarini jannat et mayli

Endi mayli men boray uyga
Beshikdagi ukam uyg'ongan
Sut ovqatin berishim kerak
Birozgina kechadan qolgan!

Lekin erta yana qaytaman
Javobingni aytasan menga
Jannatingdan joy bersng agar
O'yinchog'in beraman senga

Qo'llarini tortib ominga
Ko'z yoshlarin artganday bo'ldi
Qo'llarini qo'yib ko'ksiga
Amakijon duoim bo'ldi


Ayting Xudo meni ko'rdimi
Tilagimni eshitgandir-a?!
Ertaga ham kelsam maylimi?!
Mendan jaxli xech chiqmasdir-a?!

Dedi, mullo osmonga qaraEy Allohim raxmdil egam
Qudratingga shak shubha yo'qdir
Sinovlaring turli xil biram

Bolajonim U dir raxmdil
Duoingni albat eahitdi
Inshaolloh ota-onangni
Joylarini jannatdan etdi!!!
Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 13(1/12)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.013 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика