Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Farz (Muallifi noma'lum)

Tags: farz | ERKIN7717 | (10-Dek 2017, 19:55:02) | 229 | 0
Umr o'tmoqdadur goho g'am bilan
Gohida baxt bilan goh alam bilan
Azizlar shu o'tgan har bir dam bilan
Shukr qilib yashamoqlik farz

Parvardigor bizga umr beribdi
Qaytarmoq kerak umrni bizga qarz
Kimlardir umrni ayshga yo'yibdi
Shukr qilib yashamoqlik farz

Yuribsan to'rt muchchan sog' omon
Qo'l oyog'i ishlamaslarga yomon
Qachon qabrga ketasan gumon
Shukr qilib yashamoqlik farz

Ko'zlaring ko'radi yorug' dunyoni
Ojizlar bordur kutar davoni
Ey do'stim bular senga bo'lsin dars
Shukr qilib yashamoqlik farz

Yoningda OTA-ONANG duo birla
Oilang yoningdadir sen bilan birga
Bulardan ortiq yana ne kerak senga
Shukr qilib yashamoqlik farz

O'qishni yozishni bilasan do'stim
Xalqing hech qaysi xalqdan kam emas
Senga birgina aytar so'zim
Shukr qilib yashamoqlik farz

Xoh boy bo'lsin, bo'lsin kambag'al
Tangrim oldida birdek javob berar
Bo'ldi ortiq so'zlamayman bas
Shukr qilib yashamoqlik farz
Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 6(1/5)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.011 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика