Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Shukrona (Muallifi noma'lum)

Tags: shukrona | ERKIN7717 | (10-Dek 2017, 20:05:46) | 242 | 0
Nechun inson bo'lib tug'ildik
Nega yashayapmiz yolg'on dunyoda
Bu hayotga faqat sinovga keldik
Javob beramiz hali arshi aloda

Robbim bizni ongli yaratdi
Hayvondan farqimiz ham shu
Asosiysi bizga jon ato etdi
Omonatni qaytarishimiz kerakku

Bu dunyo karvonsaroyga o'xshaydi
Bir lahza dam olib ketguvchi
Har inson o'ziga keragin oladi
Davomiy safarda ko'mak bo'lguvchi

Azizlar biz ham keragin olaylik
Savob va gunoh deganlaridan
Qalbimizga faqat mehr joylaylik
Vos keching ayshning girdoblaridan

Hayot tashvishiyu qiyinchilik
Har kimning boshida bo'ladi do'stim
Tez ketar hammasi o'tkinchilik
Chidang kiyib oling qalin po'stin

Yaxshilik qiling hammaga doim
Sizdan shu qolar yolg'on hayotda
Shunda suyar sizni hudoyim
Yuzingiz yorug' bo'lar hatto qiyomatda

Bazida o'ylayman hayolim chalg'ib
Shaytonni ne uchun yaratdi ALLOH
U ham bizga bir sinov ekan
Sinovdan o'tganga jannatda panoh
Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 15(1/14)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.012 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика