Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Begonalar bilan suhbatlashish nima uchun foydali?

ERKIN7717 | (12-Dek 2017, 07:28:57) | 139 | 0

O‘zi tanimagan insonlar bilan muloqotda bo‘lgan odamning kayfiyati ko‘tariladi, miyasi yaxshi ishlay boshlaydi, deyishmoqda tadqiqotchilar. Lekin, biz jamoat transportida begonalardan ko‘zimizni olib qochishga harakat qilamiz, yig‘inlarda faqat o‘zimiz taniganlar bilan suhbatlashishni afzal bilamiz, qo‘shnimiz salom bersa hayron qolamiz.

Foto: Getty

Begonalar bilan gaplashish biz uchun noqulay va qiyin bo‘lib tuyuladi. Bu suhbatning menga ham, o‘sha begona odamga ham qizig‘i yo‘q deb, o‘zimizni oldindan ishontiramiz. Kaliforniya universiteti psixologi Juliana Shryoder bunday holatni “umumiy bilmaslik fenomeni” deb ataydi, ya’ni hamma gaplashishni xohlamayotgani uchun gaplashmayapti, deb o‘ylab, siz ham begonalar bilan gaplashmay qo‘ya qolasiz, aslida, siz ham, boshqalar ham suhbatga moyil. Bu istihola sizni yolg‘izlikka undaydi. Lekin, Shryoderning fikricha, yolg‘iz qolgandan ko‘ra, begonalar bilan muloqotda bo‘lish ko‘proq yaxshi tuyg‘ularni keltirib chiqaradi.

Tadqiqotchilar jamoat transportidagi yo‘lovchilarning emotsional holatini o‘rganishdi: boshqa yo‘lovchilar bilan gaplashib ketganlar jim ketganlardan ko‘ra ko‘proq ijobiy taassurotlar orttirishgan, bu narsa suhbat qurishni xohlagan yo‘lovchigф hamsuhbat bo‘lgan kishida ham aks etgan.

“Qisqagina bo‘lsa ham samimiy suhbat insonda odamlar jamoasida yashayotganlik, boshqalar bilan birdamlik hissini beradi” – deydi Esseks universiteti psixologi Jillian Sendstorm.

Yuqoridagi fikrlardan begonalar bilan muloqot qilishning ruhiy holatimiz uchun foydali ekanligini tushunib oldik. Endi bu muloqotning miya faoliyati uchun qanday foydalari borligi haqida bilib olamiz.

Yana bir tadqiqot natijasida, inson kim bilandir qisqa vaqt bo‘lsa ham muloqotda bo‘lganda, bosh miyasining aqliy jarayonlarni ta’minlovchi bo‘limlarining faoliyati yaxshilanishi aniqlangan. Natijada insonning diqqatni jamlash, rejalashtirish, tashkillashtirish kabi aqliy qobiliyatlari oshishi kuzatilgan.

Tadqiqot jarayonida uch guruhga bo‘lingan odamlar o‘rganilgan. Birinchi guruhdagilar bir-birlari bilan tanishib, 10 minut davomida ijobiy suhbat qurishgan, ikkinchi guruhdagilar bahslashishgan, uchinchi guruhdagilar jim o‘tirishgan. Keyin barcha ishtirokchilarning aqliy qobiliyatlari test orqali tekshirib ko‘rilgan. Birinchi guruh a’zolari eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishgan.

Kundalik hayotimizda har kuni begona odamlar bilan suhbatlashishga imkoniyat topsak bo‘ladi. Jamoat transportida, do‘konda, umumiy ovqatlanish joylarida, uchrashuvlar va yig‘ilishlarda va hokazo... Asosiysi, begonalar bilan muloqotga kirishishni chin ko‘ngildan xohlash va buni odat tusiga kiritishdir.

Manba: “Woman.ru”

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 6(1/5)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.018 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика