Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Ochlik hissini qanday yengish mumkin?

ERKIN7717 | (12-Dek 2017, 07:29:12) | 183 | 0

Bu maslahatlar sizni yog‘li kulchalar va tovuq oyoqlari haqida orzu qilishdan qutqaradi. Lekin talabga to‘la javob beradigan ovqatlardan voz kechish kerak emas. To‘yib ovqatlanmaslik salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Foto: Shutterstock

Bir piyola suv iching

Ba’zan chanqoqlik ochlikdek bo‘lib ko‘rinadi. Belgilari o‘xshaydi, va biz o‘z istaklarimizni almashtirib yuborishimiz mumkin. Shuning uchun avval xona haroratida bo‘lgan bir piyola suv iching. Agar xohlasangiz, unga limon yoki yalpiz qo‘shing.

Tishlaringizni tozalang

Bu ish sizni vaqtincha bo‘lsa ham ochlik hissidan qutqaradi. Birinchidan, yalpiz hidi bungacha sizning ishtahangizni ochgan begona hidlarni qaytaradi. Ikkinchidan, tish pastasi tarkibidagi natriy lauretsulfat deb ataluvchi modda shirin ta’m retseptorlarini deyarli butunlay to‘xtatib qo‘yadi. Shuning uchun tishlarni tozalagandan keyin ovqat taxirroq bo‘lib tuyuladi.

Saqich chaynang

Agar yoningizda tish cho‘tkasi bo‘lmasa, uning o‘rnini rezinali saqich bosadi. Bunday usulning samaradorligi Rod-Aylend universitetida isbotlandi. Tadqiqot davomida ertalabki paytlar saqich chaynagan kishilar tushlikda taxminan 70 kkal kamroq iste’mol qilgani ma’lum bo‘ldi.

Biz chaynayotganimizda, miyamizga avtomatik ravishda to‘yganlik haqida xabar beriladi. Shu usulda biz o‘z organizmimizni aldaymiz.

Sarimsoq va zanjabil yeng

Parhezshunoslarning fikricha, bu oziq-ovqatlar ochlik hissini pasaytiradi. Ish joyida sarimsoq chaynashning iloji bo‘lmasa ham, kun davomida zanjabil ildizi qo‘shilgan suv ichish qiyin emas.

Yuguring

Navbatdagi tamaddining o‘rniga yugurishga chiqing. Kardiomashg‘ulotlar ochlik hissini bir qancha vaqtga pasaytiradi. Gap shundaki, ishtaha uchun grelin deb ataluvchi gormon javob beradi. Aynan u miyaga bizni shirin kulchaga yoki konfetga qo‘l uzatishga majbur qiladigan signallarni yuboradi.

Amerika tadqiqotlari yugurish vaqtida bu moddaning ishlab chiqarilishi kamayishini ko‘rsatdi. Aynan shuning uchun sport mashg‘ulotlaridan keyin biz deyarli yeyishni xohlamaymiz.

Manba: Trendymen

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 30(1/29)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.015 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика