Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!
Assalomu alaykum, bizning portalga xush kelibsiz :)
Reklama

Agar yoningizda konserva ochqichi bo‘lmasa, nima qilish mumkin?

ERKIN7717 | (12-Dek 2017, 07:29:12) | 188 | 0

O‘rmonda yoki safarga chiqqaningizda pichoq uyda qolgan bo‘lsa va qo‘lingizda ochadigan hech narsa bo‘lmasa, konserva bankasini qanday ochish mumkin? Ma’lum bo‘lishicha, bir necha oddiy yo‘llari bor ekan.

Foto: “Layfxaker”

  1. Qo‘llaringiz bilan. Yorlig‘ini olib tashlang, bankani barmoqlaringizga ko‘ndalang qilib joylashtiring va uni bir tomondan qayirib boshlang. Qayrilgan joydagi tunuka yupqalashadi va oson ochiladi. Bu usul ish bermaydigandek tuyulsa ham, lekin ancha samarali bo‘lib ko‘rinadi.
  2. Toshga urib. Bankani toki uning qopqog‘i ulangan joy yupqalashmaguncha qattiq yuzaga ishqalayvering.
  3. Qoshiq bilan. Qoshiq bilan bankaning ulangan joyini yupqalashmaguncha ishqalang, ilib oling va ehtiyotkorlik bilan oching.

Bu usulni qo‘llashda yoningizda bo‘lgan boshqa oshxona uskunalaridan ham foydalanishingiz mumkin. Sizga omad tilaymiz!

Yuklash txt | fb2

Maqolaga izoh qoldirish uchun Kirish sahifa orqali kirib izoh qoldirin!

Bosh sahifaga
Оnlayn: 33(1/32)
Ro'yxatdan o'tish
Tezlik: 0.01 s

Chiroyli.UZ siz kutgan portal !!!

Яндекс.Метрика